Growth marketing agentligi · Toshkent

Masshtab­lashishga tayyormisiz?

Sizning mahsulotingiz — bizning tizimimiz.

Prisma — growth hackerlar jamoasi. Biznesingizdagi o‘sish nuqtalarini topamiz, gipotezalarni tez sinaymiz va birga mashtablashamiz.

Kimlar bilan ishlaymiz

Bir birimizga mosmizmi?
Tekshirib ko‘ring.

Biz siz uchunmiz, agar:

  • Mahsulotingiz bor va u allaqachon sotilmoqda
  • O‘sish sizga hozir kerak — keyinroq emas
  • Lidlarni qabul qiladigan sotuv jamoangiz bor
  • CRM va sotuv raqamlarini ochiq ulashishga tayyorsiz

Biz siz uchun emasmiz, agar:

  • Sizga shunchaki chiroyli sahifa va layklar kerak
  • Biznesingiz hali o‘sishga tayyor emas
  • Bir haftada mo‘jiza kutyapsiz
  • Raqamlarni ko‘rsatishni istamaysiz

Xizmatlar

Sotuvga olib boradigan
to‘rt yo‘nalish

01

Target reklama

Meta, Telegram va boshqa platformalarda sotuvga olib keladigan kampaniyalar. Test, tahlil, masshtab.

02

Kontent marketing

Ishonch uyg‘otadigan va xaridga undaydigan kontent: Reels, kreativlar, ssenariylar.

03

Influencer kampaniyalar

Kerakli auditoriyaga ega blogerlarni tanlaymiz, kelishamiz va har bir integratsiya natijasini o‘lchaymiz.

04

Lidlar va sotuvga uzatish

Lid generatsiyadan sotuv bo‘limigacha: CRM, skriptlar va konversiya nazorati.

Jarayon

To‘rt bosqich.

  1. 01

    Audit

    Biznesingiz, raqamlar, voronka va raqobatchilarni o‘rganamiz. O‘sish qayerda yo‘qolayotganini topamiz.

  2. 02

    Strategiya

    Kanallar, budjet, KPI va gipotezalar bilan aniq reja tuzamiz.

  3. 03

    Ijro

    Kampaniyalarni ishga tushiramiz, gipotezalarni tez sinaymiz va ishlaganini masshtablashtiramiz.

  4. 04

    Hisobot

    Har bir so‘m qayerga sarflangani va qancha sotuv keltirgani — shaffof hisobotlarda.

Jamoa

Bizning jamoa

Sherzod Bobokhonov

Sherzod Bobokhonov

Strategiya bo‘limi rahbari

Abrorbek Akhrorov

Abrorbek Akhrorov

Kreativ bo‘lim rahbari

Fazliddin Mirahmedov

Fazliddin Mirahmedov

Operatsion bo‘lim rahbari

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Natijani kafolatlaysizmi?

Yo‘q. Hech kim sotuvni kafolatlay olmaydi. Biz har bir qadamni raqamlar bilan o‘lchaymiz, ishlamagan narsani tez to‘xtatamiz va ishlaganini kuchaytiramiz.

Birinchi natijalar qachon ko‘rinadi?

Birinchi lidlar odatda kampaniyalar ishga tushganidan keyingi birinchi haftalarda keladi. Barqaror va masshtablanadigan natija uchun 2–3 oy kerak bo‘ladi.

Xizmatlaringiz qancha turadi?

Narx biznesingiz va rejaga bog‘liq. Shuning uchun aniq taklifni audit-qo‘ng‘iroqdan keyin, raqamlaringizni ko‘rib chiqib beramiz.

Qaysi sohalar bilan ishlaysiz?

Biz sohaga emas, tayyorlikka qaraymiz: mahsulot allaqachon sotilayotgan, lidlarni qabul qiladigan jamoa bor va o‘sishga hozir tayyor biznes.

Qancha reklama budjeti kerak?

Bu soha, o‘rtacha chek va maqsadga bog‘liq. Audit-qo‘ng‘iroqda maqsadingizga yetish uchun qancha budjet kerakligini hisoblab beramiz.

Bizdan nima talab qilinadi?

Reklama kabinetlari va sotuv raqamlariga kirish, lidlarni tez qayta ishlaydigan sotuv jamoasi va qaror qabul qiluvchi bilan muntazam aloqa.

Ariza

O‘sish nuqtalarini birga topamiz

30 daqiqalik qo‘ng‘iroqda biznesingiz raqamlarini ko‘rib chiqamiz va sotuv qayerda yo‘qolayotganini aniqlaymiz. Mos kelmasak — buni ham ochiq aytamiz.

  • 30 daqiqa — aniq raqamlar bilan
  • 24 soat ichida javob beramiz
  • Ariza to‘ldirish — 1 daqiqa

Qanday bog‘lanamiz?